Paxtachida "Sharof-shifo" ko‘p tarmoqli xususiy klinikasi ish boshladi
- 30.12.2019 21:04
- 166
- Jamiyat
Paxtachi tumanining eng chekka Mirzo Nodim mahallasida "Sharof-shifo" nomli ko‘p tarmoqli xususiy klinikasi ochildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Paxtachi tumani hokimi o‘rinbosari J.Boltayev va tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Sh.Jabbarov ishtirok etib, ushbu tibbiyot muassasasi qishloq aholisiga uzoq yillar xizmat qilishiga tilak bildirdi.
Vrach Sharofiddin Boltayevning o‘z mablag‘i hisobidan bunyod etilgan, ambulatoriya sharoitida davolanish imkonini beruvchi ushbu maskanda kardiolog, stomatolog, ginekolog va ultratovush tekshiruv apparati aholi xizmatida bo‘ladi. Klinikada 11 ta doimiy va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi.
Teglar:
Xususiy klinika
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa