Yo‘llanma asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan xususiy klinikalar ro‘yxati shakllantiriladi

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda order masalasi yana bir bor tilga olindi.

“Yaqinda “order” tizimi isloh qilindi, bu borada xususiy sektor ishtiroki uchun ham imkoniyat yaratildi.

Lekin, barcha talablar aniq belgilangani bilan o‘tgan 6 oy davomida birorta xususiy shifoxonaga bemorlar uchun yo‘llanma berilmagan.

Yoki, respublika markazlarining ayrim filiallarida yuqori texnologik davolash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, boshqa hududdan bemor qabul qilinmayapti”, dedi davlati rahbari.

Shu bois, Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga ikki hafta muddatda davlat va xususiy shifoxonalar uchun kasalliklarni davolash bo‘yicha yagona tariflarni tasdiqlash topshirildi.

Ochiq tanlov e’lon qilib, 15 mayga qadar yo‘llanma asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan xususiy klinikalar ro‘yxatini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, 1 apreldan boshlab davlat hisobidan davolanish uchun yo‘llanmalar boshqa hududdagi davlat shifoxonalari uchun ham beriladi.