Paxtachilik ota farzandi uchun salkam 33 million so‘m to‘lab berdi
- 06.04.2021 11:09
- 66
- Samarqand
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro B.E.dan undiruvchi Sh.X.ning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish borish belgilangan.
Bu holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. 2017 yil noyabr oyidan buyon fuqaro B.E. aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelayotgan edi.
Qarzdor B.E. bilan dastlab atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilib, farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirildi.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlari ta’minotini o‘ylab, shu paytgacha bo‘lgan qarzi 32 million 733 ming so‘m pulni to‘lab berdi.
Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo‘limi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa