Payariq mol bozoridagi savdo janjal bilan yakunlandi

Joriy yilning 13 yanvar kuni taxminan soat 08:30 larda 27 yoshli F.M. Samarqand viloyati Payariq tumanidagi mol bozorida 25 yoshli U.I.ga qoramol sotayotgan vaqtida narx yuzasidan tortishib, o‘zaro janjallashib qolishadi. So‘ng F.M. qattiq jism bilan U.I.ni bosh qismiga zarb bilan urgan. Oqibatda U.I. tan jarohati olib, Payariq tumani markaziy shifoxonasiga murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar qilmoqda.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, U.I. og‘ir tan jarohatlari olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yil 23 yanvar kuni Payariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. F.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.