Payariq tumani “qizil” toifadagi hududga kiritilgan
Bugungi kunda tumanga kirish-chiqish cheklangan. Yangi hayot, Choshtepa, Ilg‘or, Xo‘ja Ismoil, Oqqo‘rg‘on, Kattasaydov, Go‘zal, Farovon mahallalari fuqarolarida infeksiya aniqlanganligi bois bu mahallalarga olib kiruvchi barcha yo‘llar beton to‘siq bilan to‘silgan holda va har bir mahallalar hududidagi asosiy va ichki yo‘llarda kirish-chiqish kuchaytirilgan tartibda nazorat ostiga olingan.
117 ta xonadondagi 121 nafar fuqorolar (oila a’zolari 489 nafar) uy sharoitida karantinda.
Payariqlik bir nafar tibbiyot xodimida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan. 10 nafari Samarqand shahridagi shifoxonalardan yuqtirib kelgan.
29 may holatiga vaziyatdan kelib chiqib, may oyida profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tadbirlar amalga oshirilishi natijasida 7 873 aholi xonadonlaridan 40 839 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 48 nafarida tana harorati ko‘tarilishi kuzatilgan va nazoratga olingan.
Payariqlik 9 nafar bemor xastalikdan sog‘ayib, bugungi kunda o‘z uylarida yashamoqda. Ular ishga chiqishi, odamlar bilan muloqotga kirishishi hozircha cheklangan.
Tuman bo‘yicha jami 992 nafar shaxsga nisbatan karantin qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy bayonnoma tuzilgan. 226 ta avtotransport vositasi belgilangan tartibda jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Karantin davrida tuman hududiga xorijdan jami 804 nafar fuqaro kirib kelgan. Ular belgilangan tartibda 14 kunlik kuzatuvdan chiqarilgan.
Payariq tumani hokimligi axborot xizmati.