Payariqda 100 yoshdan oshgan onaxonga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berildi

Payariq tumani adliya bo‘limiga tumandagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Yo‘ltepa” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Po‘lat Sherqulov 1919 yilda tug‘ilgan onasi Xurim Umirovaning yoshi 100 dan oshsa-da, tug‘ilganlik guvohnomasi  yo‘qligi haqida murojaat qildi.

Payariq tumani adliya bo‘limi tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan Ma’muriy ishlar bo‘yicha Payariq tuman sudiga ariza kiritildi. 2019 yil 17 aprel kuni sayyor sud majlisida 1919 yilda tug‘ilgan Xurim Umirovaga tug‘ilganlik guvohnomasi berish haqida FHDYoga majburiyat yuklatildi. Guvohnoma egasiga topshirildi.