Payariqda tibbiy niqob taqmagan qoidabuzar sudlandi
- 30.04.2020 16:11
- 292
- Samarqand
Bugun, 30 aprel kuni Payariq tumani ma’muriy sudining ochiq sud majlisida huquqbuzar K.A.ga nisbatan ish ko‘rib chiqildi.
Tumanning G‘oyib ota mahallasida yashovchi bu shaxs 29 aprel kuni soat 10:30 larda mahalla hududidagi Chelak eski dehqon bozorida karantin qoidalariga zid ravishda maxsus himoya niqobi taqmasdan yurgan. Profilaktika inspektori tomonidan to‘xtatib so‘ralganda uning qonuniy talablarini bajarmagan.
Huquqbuzar K.A.ga bu harakati uchun 669 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.
F.SALOMOV,
Payariq tumani ma’muriy sudi raisi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand