Pensioner otaxon o‘g‘irlikka qo‘l urdi

Karmana tumani IIBga 1979 yilda tug‘ilgan, Kamolot MFYda yashovchi U.B. ariza orqali murojaat qilib, noma’lum shaxs uning Yangiariq MFYda joylashgan ohak va gips ishlab chiqarish shoxobchasiga devor orqali xufiyona ravishda kirib, umumiy 17 500 000 so‘m qiymatga ega bo‘lgan generator, drel, gaz balloni, gaz hisoblash apparati, gazodeftektor, 1 tonna 16 santimetr hajmdagi armatura hamda 6 santimetr qalinlikdagi simlarni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni 1956 yilda tug‘ilgan, Karmana tumani Yangiariq MFYda yashovchi V.Sh. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan V.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar berdi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.