Poker klubda qimor o‘ynayotganlar qo‘lga olindi

Toshkentda tashkil etilgan poker klubda qimor o‘ynayotganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan bilyard klubda poker o‘ynash uchun alohida xona ajratilgan. Unga 52 yoshli fuqaro rahbarlik qilgan. IIB xodimlari voqea joyini borib o‘rgangan vaqtda u yerda 6 kishi va klubning 3 nafar xodimi bo‘lgan. Ular ushlangan. Hodisa joyida esa 2 ming 700 dollar, 6 million so‘m va poker o‘ynash uchun toshlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha JKning tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.