O‘zbekistonda totalizator va bukmekerlik faoliyatini reklama qilayotgan 10 dan ortiq saytga kirish cheklandi
- 04.11.2021 09:35
- 102
- O‘zbekiston
Bu haqda AOKAda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot kotibi Mohruxsor Tog‘ayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 19 mingdan ziyod o‘rganishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 10 ming holatda turli kamchiliklar aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rildi. Xususan, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 168 holatda totalizator va bukmekerlik faoliyati reklama qilinganligi aniqlangan va ularning barchasi bartaraf etilgan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va AOKA hamkorligida amalga oshirilgan choralar tufayli 10 dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini noqonuniy ravishda yurituvchi saytlarga kirish cheklab qo‘yildi.