Samarqanddagi choyxonada 17 nafar fuqaro qimor o‘ynayotganda ushlandi
- 10.12.2021 11:09
- 1568
- Jinoyat va jazo
2021 yil 5 dekabr kuni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Samarqand shahar IIO FMB xodimlari homkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand shahar "Xumo" mahallasida joylashgan choyxonada 17 nafar fuqaro qimor o‘yinlarini tashkil qilib, o‘ynayotganligini aniqlangan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, ushbu o‘yin shu mahallada yashovchi 1958 yilda tug‘ilgan X.O. tomonidan tashkil qilib kelinganligi ma’lum bo‘lgan.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida o‘yinchilar tomonidan qimor o‘yini uchun tikilgan pul, 100 dona karta kalodalari aniqlangan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Savodsizlik sari...
- 9 daqiqa avval
- Jamiyat
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa