Xo‘roz urishtirish uchun "arena" tashkil qilgan shaxslar ushlandi

Samarqand shahrida o‘z yashash uyida xo‘roz urishtirish uchun maxsus "arena" tashkil qilgan bir guruh shaxslar ushlandi.

Aniqlanishicha, ular 2016 yilda tashkil etilgan ushba "arena"ga kelgan 220 nafar fuqaroning har biridan 25-30 ming so‘mdan olgan. O‘yinlar davomida tashkilotchi, pul yig‘uvchi, kunlik xizmatchi, ish yurutuvchi va qo‘riqchi faoliyat yuritgan.

Qo‘lga olingan shaxslar tomonidan 1 mln. 95 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, o‘yin tashkilotchisiga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.