Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda sartaroshxona uchun ajratilgan binoni qimorxonaga aylantirgan erkak ushlandi

Viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari Payariq tumanida profilaktik tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida Mani qishlog‘ida yashovchi 36 yoshli T.O. mahallasidagi binoni sartaroshxona sifatida faoliyat olib borish uchun ijaraga olib, u yerda noqonuniy ravishda qimor va tavakkalchilikka asoslangan “loto” o‘yinini tashkil qilgan.

U mahalladoshlariga “loto” o‘yini o‘ynashiga shart-sharoit yaratib, har bir yutuqdan 4000 so‘mdan o‘ziga “cho‘tal” - joy puli olib, o‘yin o‘tkazayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida T.O. tomonidan noqonuniy tashkil etilgan tavakkalchilikka asoslangan “loto” qimor o‘yiniga qo‘yilgan pullar va “loto” o‘uyini o‘ynash uchun mo‘ljallangan 26 dona jeton (karta) va 90 dona “loto” toshlari aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan T.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.