Payariqda qimorxona fosh etildi

Viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida, olingan tezkor ma’lumotlarga asosan Payariq tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, tumanning Xalqobod MFY “Eshimoqsoq” qishlog‘ida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan A.O. va 1984 yilda tug‘ilgan O.A. lar fuqaro A.R.dan shu qishloqda joylashgan oshxonani ijaraga olib, u yerda qimorxona tashkil etganligi aniqlangan. Tadbir davomida oshxonada qimor o‘ynayotgan 8 nafar ishtirokchilar tomonidan tikilgan pullar va o‘yin kartalari, toshlari va doskasi daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.