Endilikda bankdan 500 dollargacha naqd valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin
Ushbu yangi tartib 2026 yil 9 avgustdan kuchga kirdi.
Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar banklardan 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatlarni taqdim etishlari shart emas.
Mazkur o‘zgarish Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjat asosida joriy etildi.
Shu tariqa, bankdan chet el valyutasini hujjatsiz xarid qilish bo‘yicha belgilangan limit 5 baravarga oshirildi. Shu paytgacha hujjatsiz valyuta xarid qilish limiti 100 dollar edi.