Post-patrul xizmati mashinasida chaqaloq dunyoga keldi
Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-bataloni 4-otryadi xodimlari patrullash davomida Uchtepa tumani, Istirohat ko‘chasi va Toshkent halqa avtomobil yo‘li kesishmasida ikki nafar ayolni ko‘rganlarida soat tungi ikki atrofida, ayollardan biri esa homilador edi.
Holatni tushuntirishning keragi yo‘q: yosh ayol zudlik bilan tug‘ruqxonaga yetkazilishi kerak edi. Xodimlar bo‘lajak onani va uning qaynonasini moshinaga o‘tqazib, eng yaqin shifoxona tomon yo‘l olishdi.
3-shahar bolalar klinik shifoxonasigacha (oldinga “Ona va bola” markazi) oz masofa qolganda Nafisani tulg‘oq tutdi.
Shu onda safdor S.Muradov va B.Toshpo‘latovlar malaka oshirish darslarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish soatlari qo‘shilgani uchun shukr qildilar. Tez orada PPX mashinasida yangi inson dunyoga keldi. Baxtiyor buvi va ona PPX xodimlariga yordam uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Yosh ona va go‘dak shikoforlarga topshirildi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB.
Tibbiyot xodimlari ona va uning go‘dak o‘g‘lining holini o‘rganib, xodimlarga ularning holati qoniqarli ekanini, bolaning vazni 3100 gramm ekanini aytib, xodimlarni to‘g‘ri ish tutganlari uchun maqtab qo‘yishdi.