Respublika bo‘yicha eng yuqori tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etildi

2020 yilning yanvar-iyun oylarida 365,2 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib (faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 21,6 promilleni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 0,6 promillega oshganligi kuzatildi (2019 yilning yanvar-iyun oylarida 21,0 promille bo‘lgan).
Davlat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, hududlar kesimida tug‘ilganlar soni va tug‘ilish koeffitsiyenti Samarqand viloyatida eng yuqori qo‘rsatgichda qayd etildi.