Poytaxtda endi Venetsiya qayig‘ida sayr qilish mumkin

21 iyuldan boshlab “Bo‘zsuv” kanalining Minor masjidiga tutash hududida Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish maskani ochiladi. Bu hududda aholi dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

“Bo‘zsuv” kanalining Minor masjidiga tutashgan hududda obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Kanal atrofi tozalandi, qirg‘oq bo‘ylari mustahkamlandi.

Tadbirkor tomonidan 4 ta to‘rt kishilik “Gondola” qayiqlari hamda 1 ta sakkiz kishilik motorli sayr qayig‘i olib kelindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Aholi dam olishi, madaniy hordiq chiqarishi uchun talab etilgan sharoitlar yaratildi: o‘rindiqlar, yoritgichlar o‘rnatildi.

Bu yerda bepul WiFi hudud ham tashkil etildi.