Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident maktablari 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10 iyundan – 30 iyunga qadar amalga oshiriladi.

Onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali to‘ldiriladi va jo‘natiladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Talabgorning:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a’lo) bo‘lishi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
➖ 2023-2024-o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.