Prezident shifokorlarga bosim va kuch ishlatish holatlariga e’tibor qaratdi: Endi ularning ishiga to‘sqinlik qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
- 18.03.2022 13:38
- 125
- Salomatlik
Ta’kidlash joizki, joylarda tibbiyot sohasi vakillariga, ayniqsa, shoshilinch va tez tibbiy yordam xodimlariga nisbatan kuch ishlatish holatlari ham uchrab turibdi.
Tibbiyot xodimlari bilan muloqot davomida davlat rahbari tibbiyot xodimlari faoliyatiga aralashuv, ular duch keladigan zo‘ravonlik va shu kabi xunuk hodisalarga to‘xtaldi.
“Shifokorga qo‘l ko‘tarish, uni so‘kib, haqorat qilish bizning insof-diyonatli, oq ko‘ngil, mehr-oqibatli xalqimizga munosibmi? Bu bizga mutlaqo yarashmaydigan holatdir”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Endi, tibbiyot xodimlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan, ularning ishiga to‘sqinlik qilgan hamda tajovuz ko‘rsatgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda alohida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa