Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Jomboy tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda tuman umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari, uslubchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida 46-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Munisa Husainovaning 10-sinflarda "Tilimiz sofligi uchun kurashamiz", Munisa Mahramovaning 5-sinflarda "Ona tilim - jonu dilim" mavzularida o‘tgan ochiq darslar tashkil etildi.
"Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" mavzusidagi adabiy-badiiy kechada o‘quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi, ona tili, milliy qadriyatlarimiz haqida she’rlar ijro qilindi.