O‘zbekistonda endilikda «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni» nishonlanadi
- 10.11.2025 13:47
- 60
- Siyosat
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi, el-yurtimiz salomatligi posbonlari bo‘lgan barcha shifokor va hamshiralar, soha mutaxassislariga o‘zining chuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.
«Bugun soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab yangi tashabbuslarni sizlar bilan muhokama qilib olamiz.
Zamonaviy tibbiyotni farmatsevtikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bundan buyon ushbu bayramni «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni» deb nishonlasak, o‘ylaymanki, sizlar buni qo‘llab-quvvatlaysizlar!
Bularning barchasi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ko‘proq izlanish, ilg‘or davolash va profilaktika usullarini egallashda katta rag‘bat, kuch-g‘ayrat beradi deb ishonaman!», dedi Prezident.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Byudjetga salkam 2 trillion so‘m qo‘shimcha undirildi
- 41 daqiqa avval
- Jamiyat
El ko‘zini to‘ydirib, qalbingizni och qoldirmang!
- 55 daqiqa avval
- Jamiyat
Dabdaba emas, ma’naviyat ustuvor bo‘lishi kerak
- Bugun, 11:16
- Jamiyat