Tibbiyotchilarga barcha turdagi davlat xizmatlari to‘lovi ikki hissa kamaytiriladi
- 10.11.2025 16:13
- 48
- Siyosat
Tibbiyot xodimlariga barcha turdagi davlat xizmatlarining to‘lovi 2 karra kamaytiriladi. Bunga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi.
«Agar tibbiyot xodimi oilasi va farzandlariga ko‘proq vaqt ajratsa, o‘z ustida chuqurroq ishlasa, shaxsiy rivojlanish, kasbiga bo‘lgan muhabbat, eng muhimi, ishidagi sifat va unum yanada oshadi.
Shuning uchun kelgusi yil 1 apreldan davlat tibbiy muassasalaridagi oyliklarni to‘liq saqlab qolgan holda ish haftasini hozirgi olti kunlikdan besh kunlikka o‘tkazamiz», dedi davlatimiz rahbari.
Jizzax tog‘larining eng so‘lim go‘shalaridan birida qad ko‘targan alohida dam olish maskani tibbiyot xodimlari uchun tuhfa qilinadi.
Teglar:
Tibbiyot
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Byudjetga salkam 2 trillion so‘m qo‘shimcha undirildi
- 16 daqiqa avval
- Jamiyat
Samarqandda “INFOLIB UZBEKISTAN – 2025” haftaligi boshlandi
- 55 daqiqa avval
- Mutolaa
El ko‘zini to‘ydirib, qalbingizni och qoldirmang!
- Bugun, 14:38
- Jamiyat