Qarzdorning barakasi qochadi

Qarz barakani uchiradi, qarzdorlik rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Bu azaldan o‘z isbotini topib kelayotgan ayni haqiqatdir. Bugun yurtdoshlarimiz orasida ham soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni paysalga solayotganlar yo‘q emas. Vaholanki, o‘z muddatida to‘lanayotgan soliqlar mamlakatimiz byudjetiga tushumlarning oshishiga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga zamin yaratadi.

Ta’kidlash lozimki, Samarqand viloyatida jismoniy shaxslar tomonidan topshirilgan deklaratsiya asosida hosil bo‘lgan soliq qarzi 4 milliard 893 million 100 ming so‘mni tashkil etmoqda. Qarzdor fuqarolar ro‘yxatiga nazar solsangiz, katta miqdorda soliq qarzi yuzaga kelgan yurtdoshlarimiz mavjud. Masalan, samarqandlik R.T.ning qarzi naqd 52546023,30 so‘mga yetgan. Bundan tashqari, fuqaro o‘z vaqtida soliq to‘lovini amalga oshirmagani bois unga 1591802,9 so‘m penya hisoblangan. Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi D.M.ning qarzi 44739528,0 so‘mni, penyasi esa 1355325,39 so‘mni tashkil qilmoqda. Samarqand shahridagi Hazora mahallasida istiqomat qiluvchi M.T.ning qarzi ham kam emas. U 49729092,98 so‘mlik soliq qarzi va 1506463,61 so‘mlik penyani to‘lashi lozim.

Umid ALIMOV,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xodimi.