Qashqadaryo viloyati hokimligi innovatsion loyihalar uchun 1,8 milliard so‘mlik ijtimoiy grant e’lon qildi
Tanlovda Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar quyidagi 6 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin:
👉 Neft va gaz, kimyo sanoati;
👉 Energetika;
👉 Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati;
👉 Suv xo‘jaligi va ekologiya;
👉 Fan va ta’lim;
👉 IT texnologiyalar.
Loyihalarga qancha mablag‘ ajratiladi?
Talabalar taklif etayotgan loyihalar qiymati 1 million so‘mdan 100 million so‘mgacha bo‘lishi kerak. Har bir yo‘nalish bo‘yicha tanlov komissiyasi loyiq deb topgan uchtagacha loyihani viloyat hokimligi moliyalashtirish uchun sotib oladi va uni hayotga tatbiq qilish bilan bog‘liq barcha tashkiliy jarayonlarni o‘z zimmasiga oladi.
Shunday qilib mazkur tanlov natijasiga ko‘ra, jami 1 milliard 800 million so‘mgacha bo‘lgan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish reja qilingan (mazkur miqdor g‘olib bo‘lgan loyihalar byudjetiga qarab o‘zgarishi mumkin).
Tanlovda qanday qatnashish mumkin?
Buning yo‘li juda oddiy.
1) Eng avvalo Metsenat.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish va anketadagi barcha so‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldirish;
2) Innovatsion loyiha haqida qisqacha anketani to‘ldirish. Namunaviy anketani mana bu yerdan yuklab olish mumkin;
3) Innovatsion loyiha haqida 10 ta slayddan oshmagan holda taqdimot tayyorlash;
4) Metsenat.uz saytidagi tanlov sahifasi orqali ariza yuborish. Bunda ariza yuborayotgan paytda 2 va 3-banddagi so‘ralgan fayllar albatta ilova qilinishi kerak.
Tanlov komissiyasi kelib tushgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va maqbul deya topilgan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida ijobiy xulosa beradi.
Tanlov Nizomi bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishishingiz mumkin:
Shoshiling! Tanlovga hujjatlar 2021 yilning 21 yanvariga qadar qabul qilinadi.