Qashqadaryolik talaba Osiyoning yangi rekordini o‘rnatdi
- 16.09.2019 13:20
- 179
- Sport
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida para-suzish bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 15 sentyabr kungi bahslarida qatnashgan Qarshi davlat universiteti jismoniy madaniyat fakultetining 4-kurs talabasi Shohsanam Toshpo‘latova ayollar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzishda finishga birinchi bo‘lib yetib keldi va terma jamoa hisobiga ilk oltin medalni olib berdi.
Shohsanam 1 daqiqa, 3,89 soniya natija bilan Osiyo rekordini yangiladi. Shohsanam bungacha 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bir asrlik shonli tarixiga ega Yangi O‘zbekiston kampusi
- 35 daqiqa avval
- Ta’lim
Jumboqligicha qolayotgan fokuslar
- Kecha, 18:39
- O'qing, qiziq!