Qat’iyat ortidagi ulkan muvaffaqiyat
Dunyoga mashhur texnologik kompaniyalardan biri — Dyson Group’ga 1991 yilda ixtirochi va dizayner, britaniyalik Jeyms Dayson asos solgan.
Hozirda dunyoning 65 ta mamlakatlarida Dyson’ning changyutgich, havo tozalagich, qo‘l quritgich, isitkich, fen va lampalari ishlatiladi.
2022 yil holatiga kompaniyaning ishchilari soni dunyo bo‘ylab 14 mingdan ortiqni (mingdan ortig‘i injenerlar) tashkil etgan.
Qizig‘i shundaki, Jeyms Dayson 1983 yilda o‘z orzusidagi “G-Force” modelidagi eng yaxshi changyutkichni ixtiro qilgunga qadar 5 yil davomida 5127 marta urinib ko‘rgan va shuncha marta muvaffaqiyatsiz namunalarini ishlab chiqqan. 5128-model esa yutuqlarni boshlab bergan.
Sunday Times ma’lumotiga ko‘ra, u 2023 yilda Buyuk Britaniyaning eng badavlat kishilari orasida beshinchi o‘rinda turgan, uning boyligi 23 milliard funt-sterlingni tashkil qilgan.
P/S: Jeyms Dayson yoshlik chog‘idan beri uzoq masofaga yugurish bilan shug‘ullangan.
Sherzod Suvonqulov tayyorladi.