Bir necha tumanlarda qoramol o‘g‘irlagan ikki yigit qamoqqa olindi

Ishtixon tumanida qoramol o‘g‘rilari qo‘lga olindi.

Tuman fuqarolaridan biri Ishtixon tumani IIBga ikki xonadon og‘ilxonasidan ikki bosh qoramol yo‘qolganligi haqida murojaat qiladi.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi ikki yigit ushbu ikki bosh qoramolni o‘g‘irlab, bozorga olib borib sotgani aniqlanadi.

Tergov harakatlari davomida ushbu yigitlarning boshqa tumanlarda ham sodir etgan qoramol o‘g‘irliklari ham fosh etildi.

O‘zganing mulkiga ko‘z olaytirgan ikki yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.