Qaysi mahsulotlar saraton hujayralarini o‘ldiradi?

Sabzi beta-karotinni o‘z ichiga oladi, u kuchli antioksidant hisoblanib, hujayra membranalarini toksinlarning zararli ta’siridan himoya qilishga qodir va shu bilan saraton hujayralarining o‘sish tezligini kamaytiradi. Tanani xom sabziga qaraganda termal qayta ishlangan (pishirilgan) sabzi ko‘proq antioksidantlar bilan ta’minlaydi.

Tadqiqotlarda Malayziya tropik o‘rmonlarida o‘sadigan tualong daraxti asalining ko‘krak saratoniga ham o‘rganilgan. Natijalar tualong asalining saratonga qarshi ta’siri reklama va ishlab chiqarishda milliardlab dollar talab qilgan Tamoksifen preparati bilan tenglasha olishini ko‘rsatgan.

Piyoz tarkibidagi kvertitsin moddasi qon tomir devorlarini mustahkamlaydi va yallig‘lanishga qarshi kurashadi. Sarimsoq va zanjabil ham xuddi shunday xususiyatlarga ega.