Qaysi mamlakatlarda shifokorlar va hamshiralar ko‘p?

Bugun, 12 may - Butunjahon hamshiralar kuni munosabati bilan BMT tomonidan e’lon qilingan, JSSTning so‘nggi ma’lumotlari asosida shakllangan aholining umumiy soni, shuningdek, 1000 nafariga to‘g‘ri keladigan shifokorlar, hamshiralar va doyalar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadigan davlatlarga to‘xtalamiz.

Shifokorlar
(Bu jadvalda har bir million kishiga to‘g‘ri keladigan shifokorlarning umumiy soni bo‘yicha yetakchi davlatlar keltirilgan)

Ведущие страны по общему количеству врачей, млн. чел.

So‘nggi 15 yil ichida Xitoy malakali shifokorlar sonini ikki baravarga oshirdi. Chin mamlakati xalq salomatligi tabiiy resurslar va yuqori texnologiyali korxonalar kabi bir xil resurs ekanligini yaxshi biladi.
Yalpi ichki mahsuloti tarkibida tibbiyotga sarflanadigan mablag‘lar dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan AQShda taxminan xuddi shu davrda shifokorlar soni 7,5 foizga o‘sdi.
Rossiyada 2010 yildan beri mutaxassislar soni 22 foizga kamaydi. “Rosstat”ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, umuman olganda, Rossiyada 100 000 aholiga o‘rtacha 506 shifokor va hamshira to‘g‘ri keladi.

Shifokorlarning ta’min etilganligi
(Bu jadvalda 1000 kishi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan shifokorlar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar ko‘rsatilgan)

Ведущие страны по количеству врачей на 1000 человек населения, чел.

Tibbiy turizm bo‘yicha dunyodagi asosiy markazlardan biri hisoblanadigan Kuba davlati yuqori sifatli va arzon tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini nafaqat Lotin Amerikasidagi davlatlarga taqdim etadi, balki ular uchun mafkuraviy jihatdan begona sanaladigan AQShdagi bemorlarni ham o‘ziga jalb qiladi.
Sobiq sotsialistik blokning yana ikki davlati - Vengriya va Gruziya dunyoning kuchli davlatlar o‘ntaligiga kirdi.

Rossiya, agar 2010 yilgi darajasini saqlab qolganida, 12-o‘rinni egallagan bo‘lardi (ko‘rsatkich 1000 kishiga 5,0). Hozirda bu ko‘rsatkich 3,8 ni tashkil etadi. Har holda bu son Fransiya (3,3), Buyuk Britaniya (3,0), AQSh (2,6), Yaponiya (2,5), Kanada (2,4) va Xitoy (2,2) kabi mamlakatlardagidan yuqoriroq.
Ba’zi mamlakatlarda, masalan, tug‘ilish darajasi eng yuqori bo‘lgan Nigerda ushbu ko‘rsatkich taxminan 0,1 ga teng.

Hamshiralar va akusherlar
(Jadvalda bir million kishiga to‘g‘ri keladigan hamshiralar va akusherlarning umumiy soni bo‘yicha yetakchi davlatlar ko‘rsatilgan)

Ведущие страны по общему количеству медсестёр и акушерок, млн. чел.

Oxirgi 15 yil davomida Xitoyda o‘rta tibbiyot xodimlar soni 3,3 barobarga oshdi. So‘nggi 8 yillik kuzatuvlar Amerikada ham hamshiralar va doyalar soni deyarli 30 foizga ko‘payganini aniqlab berdi.
Rossiyada eng yuqori cho‘qqiga 2014 yilda erishilgan (1,9 million), keyingi dinamika raqamlar 2 martaga pasaygani haqida gapirilmoqda.
(1000 aholiga to‘g‘ri keladigan hamshiralar va doyalar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar nisbiy ko‘rsatkichi)

Ведущие страны по количеству медсестёр и акушерок на 1000 человек населения, чел.

Xitoyda hozirgi kunda hamshiralar va akusherlar soni 1000 kishi aholiga 3,1 xodimni tashkil qilib, o‘sish davom etyapti.
Agar Rossiya 2014 yilgi raqamni saqlab qolganida edi, o‘zining 13,2 ko‘rsatkichi bilan dunyoda 11-o‘rinni egallagan bo‘lardi. Biroq, tarix istak maylini bilmaydi va hozirda mamlakat 6,2 darajaga tushdi.
Bu nafaqat Yevropa Ittifoqining ko‘plab mamlakatlari, balki sobiq SSSRning ayrim respublikalaridan ham past. Masalan, O‘zbekistonda ming kishi hissasiga 11,3, Belarusda 11,0, Litvada 10,1, Estoniyada 6,6 o‘rta tibbiyot xodimlari to‘g‘ri keladi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.