Qiyin ahvolda qolgan 6 nafar fuqaro Ufadan olib kelindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasining turli hududlarida murakkab moliyaviy-ijtimoiy holatga tushib qolgan ko‘plab fuqarolarimiz charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinmoqda.
Ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 6 nafari 28 dekabr kuni “Ufa – Toshkent” charter reysi orqali yurtimizga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
E’tiborli jihati shuki, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi ko‘magida olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.