Qonuniy faoliyat ma’qulmi, noqonuniy?
Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari joylarda norasmiy ishchi-xodimlarni legallashtirish maqsadida zarur ishlarni olib bormoqda.
Xususan, joriy yilning 6 oyi uchun 35 000 nafar ishchi-xodimni ro‘yxatdan o‘tkazish reja qilib belgilangan edi. O‘tgan davr mobaynida 44 260 nafar ishchi-xodim ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Masalan, iyun oyining o‘tgan davrida Payariq tumanida faoliyat yuritayotgan “Siddiqov Dilshod uzumzori” fermer xo‘jaligi 26 nafar ishchini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shuningdek, Oqdaryo tumanidagi “Afrasiab jeans textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati 67 nafar, Ishtixon tumanidagi “Future gold businessman” mas’uliyati cheklangan jamiyati 60 nafar ishchini rasmiylashtirdi.
Rasmiy ishga qabul qilingan ishchi-xodim kafolatlangan mehnat staji va pensiyaga ega bo‘lishini alohida ta’kidlash joiz.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.