Qoplon er-xotinga hujum qildi

Bu voqea Hindistonning Karnataka shtatida sodir bo‘ldi: leopard er-xotinga qo‘qqisdan hujum qildi va jarohatladi. Bu haqda The Hindi nashri xabar berdi.

Yirtqich tungi soat uchlarda dalani sug‘orayotgan Shexar va Sumya Kamatga tashlandi. Natijada erkak qo‘l suyaklari sindi. Ayol momataloq holda qochib qutuldi. Hujumdan keyin yirtqich butalar orasiga chekindi.

Voqea joyiga kelgan o‘rmon xo‘jaligi mutasaddilari qoplon hali ham butalar orasida yashiringaniga ishonch hosil qilishdi. Qalin daraxtlar orasidan chiqadigan tovush uning jarohat olgani yoki o‘ljasini yamlab yutayotganidan darak berardi. Mutaxassislar uxlatadigan o‘q uzish va uni boshqa joyga ko‘chirish payida hayvonni yashiringan joyidan chiqishini kutishdi...

Turli xabarlarda Hindistonda va uning mintaqalarida qoplon hujumi boshqa ko‘plab yirik yirtqich hayvonlardan ko‘ra tez-tez ro‘y berayotganini ko‘rsatmoqda. Hindiston yarim orolida odamlarga hujum boshqa joylarga qaraganda 16 baravar ko‘p. Masalan, yilida 1 million aholiga 19 kishi to‘g‘ri keladi.

Inson va qoplon o‘rtasidagi ziddiyatlarning aksariyati tabiiy o‘lja kamayganligi bilan bog‘liq. Shuningdek, Hindiston, Afrika va dunyoning boshqa qismida qoplon populyasiyasi oshishi, ularni tabiiy ov turini tark etib, «jinoyat»ga boshlashga – umidsizlikdan odamlarga hujum qilishga majbur qiladi.

G.Xoldorova tayyorladi.