"Qoradaryo"dan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmalarini qazib olayotganlar ushlandi
- 04.05.2020 11:51
- 645
- Samarqand
Joriy yilning 3 may kuni Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri natijasida Past Darg‘om tumani hududidan oqib o‘tuvchi "Qoradaryo" daryosi suvni muhofaza qilish mintaqasidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmalarini qazib olayotganlar ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Past Darg‘om tumanida yashovchi fuqarolar U.A. va A.N.lar Oqdaryo tumani hududidan oqib o‘tuvchi "Qoradaryo" daryosining suvni muhofaza qilish mintaqasidan I.S. o‘zi boshqaruvidagi ekskavatorlar yordamida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmalarini qazib olib, avtomashinalariga yuklayotganliklari aniqlandi.
Uchala holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan ba’zaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, ya’ni 6.690.000 so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.