Qoradaryoda yulg‘un va jiydalarni ekskavatorda qo‘porib tashlagan shaxs aniqlandi
Ishtixon tumanida tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi davlat inspektorlari va tuman IIB xodimlari hamkorligida nazorat tadbirlari olib borildi.
Tadbir jarayonida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosining muhofaza qilish mintaqasidan Toyloq tumani “G‘o‘lba” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro D.M. tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘ziga tegishli bo‘lgan ekskavator yordamida yovvoyi holda o‘suvchi buta (yulg‘un, jiyda)larni tomiri bilan qo‘porib tashlashi oqibatida, o‘simlik dunyosiga jiddiy ziyon yetkazayotganligi aniqlangan.
Fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 million 300 ming so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilgan va 495 ming so‘m zarar hisoblangan.