Qorasuvda ichimlik suvi quvurlarining yorilishida quruvchi aybdor
- 24.09.2019 16:06
- 262
- Samarqand

Samarqand shahri Qorasuv massividagi 26-uyda yashovchi fuqarolarning murojaatlari yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, hududda yuzaga kelgan nosozliklar quruvchining e’tiborsizligi tufayli kelib chiqqan.
Ya’ni, qurilish jarayonida ichimlik suvi tarmoqlarini o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya qilinmagan. Tuproqning zichlashgani oqibatida suv o‘tgan quvurlar yorilib, toshish holati yuzaga kelgan. Xuddi shunday holat 17-, 18-uylar oralig‘ida ham sodir bo‘lgan.
Ushbu masalalar mahalla, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, Samarqand shahar “Suvoqava” DUK xodimlari tomonidan o‘rganilib, joyida bartaraf etildi.
Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK matbuot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Kecha, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Kecha, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Kecha, 17:30
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Kecha, 11:50
- Jamiyat