Qo‘shrabotlik maktab o‘quvchilariga akademik dars o‘tdi

O‘zMU professori, akademik Bakiridin Zaripov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qo‘shrabot tumanidagi 81- va 82-umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari  uchun ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazdi.

- Esimni taniganimdan buyon buvim meni tabiatga mehr qo‘yishga o‘rgatdi, - deydi 81-maktab o‘quvchisi Diyora O‘rinboyeva. – Shuning uchun biologiya faniga qiziqdim. Bugun maktabimizga akademikning kelgani ushbu fanga bo‘lgan ishtiyoqimni yanada oshirdi. U kishining ’’Baliqning hazm qilish organlari’’ mavzusidagi 45 daqiqalik darsi bir umr yodimdan chiqmaydi. Kelajakda Zaripovdek fikrini o‘quvchilar ongiga puxta singdira oladigan o‘qituvchi bo‘lishni ko‘nglimga tugib qo‘ydim.

Dilnoza HASANOVA.