Qozog‘istonda chorva mollar eksporti taqiqlandi

Qozog‘istonda qo‘y, mayda va yirik qoramollarni eksport qilishga taqiq qo‘yildi. Bu chora kiritilishiga Qozog‘iston go‘sht ittifoqi qarshi chiqqandi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Aydarbek Saparovga asosan xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda “hech qanday noroziliklar yo‘q”.

Saparov bu cheklov go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxlarining shakllanishiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini aytib o‘tdi.

“Men sizlarni tinchlantirmoqchiman. Go‘sht yo‘nalishidagi davlat yordami, sut yo‘nalishiga qaraganda ko‘proq edi. Buni fermerlar tushunishadi. Bugungi kunda 156 ming boshga yaqin qoramol eksport qilindi. 2011 yildan to bugungi kungacha biz qariyb 130 ming bosh chet eldan zotdor chorvalar olib keldik. Bir yil ichida 156 ming bosh eksport qildik. Bu qanday raqam ekanligini tushunasiz?”, dedi Saparov.

Vazir o‘rinbosari ko‘p ishlar qilinganligini ta’kidlab, shuning uchun chorva mollarini har qanday holatda ham eksport qilish mumkin emas.

"Bizning bugungi vazifamiz - qayta ishlangan mahsulotni eksport qilish. Bu yo‘nalishda harakat qilmoqdamiz. Ha, O‘zbekistonda go‘sht narxi 100-120 tangaga yuqori, shuning uchun bugun biz fermerlarga subsidiyalar qoldirdik. Barcha fermerlar kilogramm uchun 200 tangadan olishadi. Bu narxlardagi farqdan ko‘proq", deb ta’kidladi Saparov.

Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari fermerlar "hech qanday muammoga duch kelmaydilar", deb ishontirdi. Bir kilogramm go‘sht uchun 200 tanga miqdorida subsidiya oladilar. Shu bilan ichki bozorni ta’minlash rejalashtirilgan.

"Bugungi kunda bu go‘sht narxiga va hamma narsaga ta’sir qiladi", dedi Saparov.

Biroq Saparov ichki bozorda go‘sht narxlari ko‘tarilmasligini aniq ayta olmadi:

"Biz (go‘sht) ishlab chiqaramiz, do‘konlar esa chakana sotadi. Vositachilar bor. Men yuz foiz kafolat berolmayman... Bugun hatto yo‘l yopildi (qor bo‘roni sababli). Yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar, qayerdadir vaqtinchalik hodisalar bo‘lishi mumkin. Narx barqaror, dekabr bilan solishtirilsa, umumiy o‘sish 0,5-0,7 foizni tashkil etadi. Shuning uchun go‘sht ishlab chiqarishni ta’minlaymiz".

Chakana narxlarni ushlab turish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi Savdo vazirligi bilan ish olib boradi. Ammo hokimiyatlar bu ishni joylarda amalga oshirishi kerak.