Qozog‘istonning Tengiz neft konida 359 nafar konchi koronavirus infeksiyasi bilan kasallandi

Qozog‘istonning Atirau viloyatida joylashgan mamlakatdagi eng yirik Tengiz neft konida koronavirus bilan kasallanganlar soni 359 nafarga yetdi. Bu haqda bugun koronavirusga qarshi kurashish hududiy tezkor shtabi ma’lum qildi.

Dushanba kuni mamlakatda joriy etilgan favqulodda vaziyat holati o‘z yakuniga yetdi. Biroq karantin cheklovlari saqlanib qolmoqda.

Tezkor shtab taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Tengiz neft koni karantin statsionarlarida 2 mingdan ortiq odam shifokorlar nazoratiga olingan. “Bular COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari. Hududda jami 17 ta kasallik o‘chog‘i aniqlangan - bu ishchilar istiqomat qiladigan aholi yashash maksanlari”, deyilgan taqdim etilgan ma’lumotda.

Shu bilan bir qatorda, 359 nafar konchidan 64 nafariningsog‘ayganligi aytilmoqda.

Pudratchi kompaniyalar tomonidan kasallik tarqalgan hududdan 16,2 ming nafar xodim olib chiqib ketilgan. Yaqin kunlarda yana 800 nafar xodimning olib chiqilishi rejalashtirilmoqda.