Qurolli o‘yinchoqlarni sotib olmang! Mutaxassislar bu haqda ogohlantirmoqda

“O‘zstandart” agentligi yosh onalarni “qurolli o‘yinchoqlar to‘plami” kimyoviy jiddiy tahdidli ekanligi haqida ogohlantirmoqda.

Mazkur mahsulotning nomi “Shooting Game” deb nomlanib, Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan. To‘plam plastik nishoni, o‘yinchoq telefoni, plastik o‘yinchoq to‘pponchasi va 3 ta so‘rg‘ichli snaryadlardan iborat.

Mazkur o‘yinchoqning o‘q so‘rg‘ichlarida ortiqcha miqdordagi bis (2-etilgeksil) ftalat (DEHP) (o‘lchov qiymati: og‘irligidan 5,1 foiz) va dibutilftalat (DBP) (o‘lchov qiymati: og‘irligidan 11 foiz) mavjud.

Ushbu ftalatlar yosh bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lib, reproduktiv tizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mahsulot xalqaro qoidalar talablariga javob bermaydi.

O‘rov-idishi yuza qismi shaffof rangli blister va orqa qismi karton bilan qadoqlangan.

“O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati.