Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rahmatobod mahallasida gaz ta’minoti yaxshilandi

Joriy yilning  5 yanvar kuni Samarqand shahar, Rahmatobod mahallasi Jar Ariq ko‘chasida yashovchi aholi gaz bosimi pastligi haqida  @zarafshonbot’ elektron manzilimizga murojaat yo‘llagan edi.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, muammo joyida o‘rganilgan.

Unda bildirilishicha, 2021 yil 4 yanvardagi "Muborakneftgaz" neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining beshta konida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoli holat yuzaga kelishi oqibatida gaz ishlab chiqarish jarayonlari avariya bartaraf qilingunga qadar to‘xtatilganligi, havo haroratining keskin sovib ketishi bilan gaz iste’molining ikki hissaga ortishi, ko‘p qavatli uylarda isitish tizimining ishlamasligi va boshqa bir qator omillar sabab, Samarqand shahridagi gaz tarmoqlarining so‘nggi nuqtalarida joylashgan xonadonlarda tabiiy gaz bosimining pasayib ketishi kuzatilgan.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti Samarqand shahar filiali xodimlari bu kabi holatlar hamda Rahmatobod mahallasi Jar ariq ko‘chasida gaz ta’minoti bo‘yicha kelib chiqqan muammoni bartaraf etish yuzasidan zarur ishlarni olib bordi. Jumladan, mahalladagi gaz taqsimlash qutilari qayta texnik tekshiruvdan o‘tkazildi. Ayni paytda ushbu ko‘chada gaz ta’minoti yaxshilandi.