Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Raqsning mo‘’jizakor jilosi” Respublika tanlovida nurobodlik o‘quvchilar g‘olib bo‘ldi

Joriy yilning 1-10 may kunlari 5tashabbus_uyimizda telegram kanalida “Raqsning mo‘’jizakor jilosi” shiori ostida respublika tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovning formati zamonaviy raqslardan iborat bo‘lib, break danse, hip-hop, elektro shok va nev style, popping house danse kabi raqslar yo‘nalishidan tashkil topgan.

Tanlovga jami 1 200 ga yaqin videoroliklar kelib tushgan bo‘lib, shundan 83 ta eng yaxshilari omma e’tiboriga havola etildi.

Tanlov natijalari ko‘ra, o‘z chiqishlari bilan noan’anaviy raqs namoyish qilgan Nurobod tumanidagi 2-maktabning 11-“A” sinf o‘quvchilari respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib o‘quvchilarga Xalq ta’limi vazirligi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining sovg‘alari topshirildi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.