Respublika Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik M.Jo‘rayevning sayyor qabuli boshqa kunga ko‘chirildi
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, joriy yilning 30-31 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Jo‘rayev Muhiddin O‘tkirovich rahbarligida 30 mart kuni soat 10.00 dan 18.00 ga qadar Samarqand shahar, Samarqand, Pastdarg‘om, Payariq, Oqdaryo, Jomboy, Bulung‘ur, Tayloq, Urgut tumanlari aholisi ishtirokida Samarqand shahri Ro‘dakiy ko‘chasi 237-uy manzilida joylashgan Samarqand davlat universiteti qoshidagi Akademik litsey binosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy qabul, xizmat zaruriyati tug‘ilganligi sababli 2019 yil 01 aprel kuni soat 10.00 dan 18.00 ga qadar vaqtga o‘zgartirildi.
31 mart kuni soat 10.00 dan 18.00 ga qadar Kattaqo‘rg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Qo‘shrabod, Ishtixon, Narpay, Paxtachi tumanlari aholisi ishtirokida Kattaqo‘rg‘on shahri A.Navoiy ko‘chasi 106-uy manzilida joylashgan “Majidiy” nomli drama teatri binosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy qabul, rejaga asosan o‘z vaqtda o‘tkaziladi.
Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz!