Prokuror 11 ta murojaatning yechimini joyida hal qildi
- 23.01.2025 17:19
- 106
- Samarqand

Samarqand viloyati prokurori M.Eshnazarov aholi muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida Kattaqo‘rg‘on tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda aholi bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.
Murojaatlarning 11 tasi joyida ijobiy yechimini topdi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qilgani uchun 19 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.
Qabulda tergov-surishtiruv, sud qarorlari, yer maydonlaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik, yer va uy-joy ajratish va boshqa masalalarga oid murojaatlar tinglandi.
Viloyat prokuraturasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish hamda murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi ishlar davom etmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Maktablarda kasb-hunar to‘garaklari ochilganmi?
- 2 soat avval
- Samarqand
Navoiy siymosiga ehtirom ko‘rsatildi
- Bugun, 12:03
- Samarqand
Qisqa videolar - miya uchun xavfli
- Kecha, 22:39
- O'qing, qiziq!