Rossiya amfibiya-samolyoti Turkiyada yong‘inlarni o‘chirish vaqtida halokatga uchradi
- 15.08.2021 17:43
- 174
- Xorij
Kecha, 14 avgust kuni Turkiya janubi-sharqidagi yong‘inlarni o‘chirish paytida Rossiya harbiy-dengiz kuchlari aviatsiyasining "Be-200ChS" amfibiya-samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida ekipajga yong‘in o‘choqlarini ko‘rsatayotgan uch turk fuqarosi va besh nafar rus harbiy bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Samolyot suv to‘ldirish uchun tushgan, ammo keyin balandlikka ko‘tarila olmagan va Kahramanmarash shahri yaqinidagi qoyaga urilgan. Bu Turkiya Rossiyadan ijaraga olgan uchta "Be-200" samolyotlaridan biri edi. Lizing shartlariga ko‘ra, ular rus ekipaji tomonidan boshqarilishi kerak.
Samolyotda qanday texnik nosozliklar bo‘lgani hozircha noma’lum. Rossiyaning Anqaradagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari halokat joyiga yetib kelishdi va Rossiyadan harbiy mahkama komissiyasi yuborildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa