Rossiya Markaziy Afrikaga harbiy kuchlarini yubordi

"Mamlakatga bir necha yuzlab muntazam harbiy qo‘shinlar, shuningdek, og‘ir qurollar tashlandi", deya Markaziy Afrika Respublikasi hukumati vakili Anj Maksim Kazagi so‘zlarini AFP axborot agentligi keltirdi.

Qaror harbiy yordam to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuv asosida qabul qilinganligini ko‘rsatib turibdi. Lekin Moskva buni hali rasmiy tasdiqlamagan. Yaqinda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml ushbu davlatdagi vaziyatdan xavotirda ekanligini aytgan edi.

Fransuz ommaviy axborot vositalari ta’kidlanganidek, u yerda allaqachon rus harbiy instruktorlari ish boshlagan va ular mahalliy askarlarga mahoratini oshirishda yordam bermoqda. Xususiy Rossiya kompaniyalari jangchilari esa davlat rahbarini qo‘riqlamoqda.

O‘tgan hafta Markaziy Afrika Respublikasidagi uchta «O‘zgarishlar uchun vatanparvarlar koalitsiyasi» qurollangan isyonchi guruhlar hukumatga qarshi birlashib, Bangi poytaxti yaqinidagi bir nechta aholi punktlarini o‘z nazoratiga olgan edi.

Ularning maqsadi 27 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda o‘z nomzodini ikkinchi muddatga qo‘ygan amaldagi prezident Faustin-Archange Touaderaning qayta saylanishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Avvalroq Rossiya, Fransiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi Markaziy Afrika Respublikasi sobiq prezidenti Fransua Bozizet boshchiligidagi isyonchilarni qurollarini tashlashga chaqirgan edi.