Rossiyalik urologlar bepul tibbiy maslahat beradi

Joriy yilning 19-21 fevral kunlari Samarqand davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan institutning 2-son klinikasi (Bolalar xirurgiyasi markazi)da N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqotlar tibbiyot universitetining professor-olimlari Igor Babanin va Vyacheslav Sharunovlar bolalar va katta yoshdagilarda uchraydigan urologik kasalliklar bo‘yicha bepul tibbiy ko‘rik tashkil etib, zarur tavsiyalarni berishadi.

Shuningdek, zamonaviy murakkab usullardagi urologik jarrohlik amaliyotlari va muolajalarni ham olib borishadi.