Sakura, kenguru va shimoliy yog‘du: Dunyopasportlari ichida nima bor?
Eng chiroyli va g‘ayrioddiy naqshlar tushirilgan pasportlar
Odamlar rasmiy hujjatlar alohida dizayn bezagisiz va boshqa "qo‘shimcha" atributlarsiz qat’iy bo‘lishi kerakligiga odatlangan. Masalan, aksariyat davlatlar pasportlari muqovasi qat’iy bir rangda ishlangan bo‘lib, uning suv qog‘ozdagi belgisi (yorug‘da tutganda ko‘rinadigan surat) tushirilgan sahifalari hech qanday maxsus bezaksiz och ranglarda “bo‘yalgan”.
Dunyoda pasportlarning dizayniga ijodiy yondashgan davlatlar ham yo‘q emas, bu esa ularning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini qiziqarli va nafis qiladi.
Yaponiya
Sodda va ixcham Yaponiya pasporti muqovasida gerb o‘rniga mamlakat ramzlaridan biri bo‘lgan oltin rangdagi xrizantema guli tasvirlangan.
Pasportlar qizil va to‘q ko‘k rangli muqovalardataqdim etiladi. 19 yoshgacha bo‘lgan yaponiyaliklar 5 yilga beriladigan ko‘k rangli pasportdan foydalanishadi. 19 yoshga to‘lganlari har ikkalasi ham 10 yil davomida amal qiladigan ko‘k yoki qizil pasportni tanlashlari mumkin.
Pasport sahifalariga sakura daraxti hamda nozik rangli yapon landshaftlari rasmlari tushirilgan. Yaponiya hukumati landshaftlar ro‘yxatini Fudzi tog‘i o‘yma naqshini qo‘shish orqali kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Norvegiya
Norvegiya shaxs tasdiqlovchi hujjati uch rangli muqovaga ega. Marjon qizil rangli muqovalar oddiy fuqarolar uchun, ko‘k ranglisi elchilar uchun, oq ranglilari esa mamlakatga chet eldan tashrif buyuruvchilar uchun tayyorlanadi.
Pasportning ichki betlari har yili yuz minglab sayohatchilarni o‘ziga jalb qiladigan Norvegiyaning tabiiy muhitini minimalistik tarzda tasvirlaydi. Kulrang-ko‘k soyalar bu mamlakatning dengiz iqlimini aks ettiradi.
Ultrabinafsha nurlari ostida pasport varaqalarida tungi osmon ko‘rinadi, qoyalar ortida paydo bo‘lgan shimoliy yog‘du chiroq nuri ostida jilvalanadi. Tasvirlarni tomosha qilish uchunhatto chiroq ham kerak emas - pasport egasi uni bir muddat quyoshda tutib, keyin qorong‘u xonaga kirsa bas, manzaralar jonlanadi.
Livan
Livan pasportlarining milliy ramz, shox otib ketgan kedr daraxti bilan bezatilgan ko‘k sadaf rangli muqovasi bor. Ichki varaqlari mamlakatning asosiy yodgorliklari manzaralari bilan bezatilgan.
Barmoqlar orasida varaqlangan sahifalarda quyosh sharqdan g‘arbga qarab siljiydi. Agar pasport ultrabinafsha chirog‘i ostida varaqlansa, kuzatuvchi Quyosh o‘rnini oy egallashi va Yerning sun’iy yo‘ldoshi g‘arbdan sharqqa qarab harakatlanadigan manzara guvohi bo‘lishi mumkin.
Amerika Qo‘shma Shtatlari
AQSh fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat dunyodagi eng chiroyli pasportlardan biridir. Uning to‘q ko‘k rangli muqovasi tilla rangli AQSh gerbi bilan bezatilgan, pasport sahifalaridagi rasmlarda mamlakatning asosiy diqqatga sazovor joylari va taniqli landshaftlari tasvirlangan. Suratlaryonida Amerika prezidentlari aytgan iqtiboslar joylashtirilgan.
Xitoy
Xitoy pasportida Xitoy, Tayvan, Makao va Gonkongda joylashgan mashhur yodgorliklar mavjud. Hujjat ichki qismi issiq pushti-jigarrang ohanglarda yaratilgan bo‘lib, sahifalardagi tabiiy landshaftlar va madaniy yodgorliklarning yorqin suratlari ultrabinafsha chirog‘i ostida jonlanadi.
Avstraliya pasportining kenguru va emu qushitasviri tushirilgan qora muqovasi bor. Ichki qismida bolalar ensiklopediyasi taassurotini yaratadigan qiziqarli suratlar mavjud. Jumladan, sahifalardagi suratlar Avstraliyaning tub aholisi, syorfingchilar, shuningdek, mamlakat ramzi bo‘lgan kenguru, alohida o‘rin tutadigan hayvonlar va o‘simliklar dunyosini ochib beradi.
Kanada
Zarhal yugurtirilgan qirollik gerbi tushirilgan yumshoq, to‘q ko‘k rangdagi muqovali Kanada pasporti oddiy, ammo murakkab dizaynga ega.
Hujjat quyosh nuri yoki ultrabinafsha chirog‘i ostida varaqlanganda uning ichki sahifalaridagitasvirlar, ayniqsa chinor barglarining gullash effekti jonlanadi. Shuningdek, nurlar tasvirlardagi daraxtlar bargi to‘kilish paytimanzarasini hosil qiladi, hatto bu barglartomirlari ham yaqqol ko‘rinib turadi. Kanada pasporti dunyodagi eng chiroyli pasport hisoblanadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.