“Salomatlik spartakiadasi”: Kasaba uyushmalari xodimlari bellashdi
Samarqand shahridagi sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashiga a’zo korxona va tashkilotlarning ishchi-xodimlari o‘rtasida “Salomatlik spartakiadasi” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda mazkur musobaqaning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 234 nafar xodim sportning stritbol (erkaklar), voleybol (ayollar), badminton (erkak va ayollar) va stol tennisi (erkak va ayollar o‘rtasida) turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Stritbol
Ushbu sport turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahsda madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmalari xodimlari jamoasi birinchi, Jomboy tumani hamda Samarqand shahar fan va ta’lim kasaba uyushmalari xodimlari keyingi o‘rinlarni egalladi.
Voleybol
Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan bahsda madaniyat, sport va turizm xodimlari jamoasi birinchchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlar Jomboy va Nurobod tumanlarii fan va ta’lim kasaba uyushmalari xodimlariga nasib etdi.
Stol tennisi
Erkaklar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha o‘kazilgan musobaqada Ruslan Shushirov birinchi, Nuriddin Vafoyev ikkinchi va Mashxurbek Turkmanov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasidagi bahsda esa Shahodat To‘xtayeva, Gulmira Barotova hamda Sitora Primova uchinchi bo‘ldi.
Badminton
Erkaklar o‘rtasida Zarif Tursunov va ayollar o‘rtasida Surayyo Aqilova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada g‘olib bo‘lgan jamoalar va yakkalik bahsida ustunlikka erishgan ishtirokchilar respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.