Samarqand shahridagi bir qator hududlarda yana elektr uzilishi ro‘y berdi, hokimlik tez orada muammo bartaraf etilishini ma’lum qildi

Hokimlik xabariga ko‘ra, Samarqand shahridagi yuqori kuchlanishli (35 kV) kabel tarmog‘ida iste’mol qilish tartibida ortiqcha yuklamalar bo‘lgani bois shikastlanish holati yuzaga kelgan.

Shu bois shaharning Qo‘shhovuz, Dahbed, Qalandarxona, Ibrohimxo‘ja, Kulollar, Urgutiy-1, So‘zangaron, Abdulla Qahhor, Zarduzlar, Dari zanjir, Yominiy, Go‘ri Amir mahallasida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Ayni paytda shahar elektr ta’minotining avariyaga qarshi maxsus brigadasi tomonidan ushbu kabel tarmog‘idagi nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

"Tez orada muammo to‘liq bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanishi va aholi xonadonlariga elektr yetib borishini ma’lum qilamiz", deyiladi (https://t.me/samshahar/33296) bayonotda.